Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 5-modda. Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarining pensiya taʼminoti

Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarini, sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini pensiya bilan taʼminlash shartlari, normalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodimlari pul taʼminotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.