Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga chiqib ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi holatga koʻra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval toʻlanadi. Bu fuqarolarning chet elda boʻlgan vaqti uchun, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina toʻlanadi.