Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Fuqarolar yigʻinining kengashi: fuqarolar yigʻinini chaqiradi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazadi; fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga koʻra fuqarolar yigʻini kengashining devonini shakllantiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda fuqarolarni qabul qilishda, ular oʻz saylov uchastkalarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishlarida koʻmaklashadi; ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashadi; xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeyini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi; roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi; tarbiyaga oid masalalar yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu ma