Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi. Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.