Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 28-modda. Nizolarni hal etish

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal etiladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshirishga doir Fuqarolarning huquqlarini buzgan davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilishga haqlidir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.