Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 124-modda. Qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Yuridik oqibatlar tugʻdirish niyati boʻlmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan boʻlsa (koʻzboʻyamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qoʻllaniladi.