Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 127-modda. Bitimning haqiqiy emas deb hisoblanish payti

Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi. Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa, haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan toʻxtaydi.