Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 128-modda. Bitimning bir qismi haqiqiy emasligining oqibatlari

Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qoʻshilmasa ham u tuzilgan boʻlar edi, deb taxmin qilish mumkin boʻlsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻlmaydi.