Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 279-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish asoslari

Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgap boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim dapajada bajarmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish mumkin. Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Garov bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi: 1) agar garov bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa; 2) agar garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa.