Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 301-modda. Kafolatning asosiy majburiyatdan mustaqilligi

Kafilning benefitsiar oldidagi kafolatda nazarda tutilgan majburiyati ular oʻrtasidagi munosabatlarda bajarilishini taʼminlash uchun shu kafolat berilgan asosiy majburiyatga, garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola qilingan boʻlsa-da, bogʻliq emas.