Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 340-modda. Majburiyatlarning bekor boʻlish asoslari

Majburiyat ushbu Kodeksda, boshqa qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga koʻra toʻliq yoki qisman bekor boʻladi. Majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qilishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.