Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 344-modda. Hisobga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi

Quyidagi talablarni hisobga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi: daʼvo muddati oʻtgan talablarni; fuqaroning sogʻligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talabini; alimentlar undirish haqidagi talabni; umrbod asrash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga topshirish talabini; qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollardagi talabni.