Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 368-modda. Ofertaning chaqirib olinmasligi

Qabul qiluvchi taraf olgan oferta uni akseptlash uchun belgilab qoʻyilgan muddat mobaynida chaqirib olinishi mumkin emas, basharti boshqacha tartib ofertaning oʻzida shart qilib qoʻyilgan boʻlmasa yoki taklifning mohiyatidan yoxud u yoʻllangan paytdagi vaziyatdan anglashilmasa.