Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 381-modda. Kimoshdi savdosini oʻtkazish qoidalarini buzish oqibatlari

Qonunda belgilangan qoidalar buzib oʻtkazilgan kimoshdi savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sababchi boʻladi.