Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi

Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. Mulkdorlar yoki operativ boshqarish huquqi subyektlari yoxud ular vakil qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi.