Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1023-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati

Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qoʻlga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart, ushbu Kodeksning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor boʻlganda ham yuzaga keladi. Ushbu bobning qoidalari asossiz boylik orttirish qoʻlga kirituvchining, jabrlanuvchining oʻzining, uchinchi shaxslarning xulq-atvori natijasi boʻlganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir boʻlganligidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.