Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1070-modda. Mualliflik shartnomasi boʻyicha javobgarlik

Mualliflik shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada bajarmagan taraf boshqa tarafga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart.