Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1082-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish

Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga boʻlgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.