Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hammualliflarining oʻzaro munosabatlari ular oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilab qoʻyiladi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini yaratishga noijodiy yordam berish (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam, huquqlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab boʻlmaydi.