Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1137-modda. Qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislik

Meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi, togʻasi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.