Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1166-modda. Huquqiy tizimlari koʻp boʻlgan mamlakatning huquqini qoʻllash

Bir necha hududiy yoki boshqa huquqiy tizim amal qilib turgan mamlakatning huquqini qoʻllash lozim boʻlgan hollarda huquqiy tizim shu mamlakat huquqiga muvofiq holda qoʻllaniladi.