Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 479-modda. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasi

Koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga (koʻchmas mulkni sotish shartnomasiga) binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa koʻchmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni (ushbu Kodeksning 83-moddasi ) oʻz zimmasiga oladi. Korxonalarni sotishga nisbatan, basharti korxonani sotish shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalarda (ushbu Kodeksning 489-496-moddalari ) boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.