Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 593-modda. Mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi xavfining lizing oluvchiga oʻtishi

Lizing boʻyicha ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi xavfi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing oluvchiga bu mol-mulkni topshirish paytida oʻtadi.