Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 607-modda. Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari

Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi boʻyicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini taʼminlashi va uni yaxshi holda tutishi shart. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini oʻzgartirishga haqli emas. Ijaraga oluvchi uy-joy haqini oʻz vaqtida toʻlab turishi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil toʻlashi shart.