Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 637-modda. Pudratchining tejami

Pudratchining amaldagi xarajatlari ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan xarajatlardan kam boʻlgan hollarda, basharti buyurtmachi pudratchining tejami bajarilgan ish sifatiga taʼsir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi ishlar uchun pudrat shartnomasida koʻrsatilgan baho boʻyicha haq olish huquqini saqlab qoladi. Pudrat shartnomasida pudratchining tejami taraflar oʻrtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.