Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 696-modda. Ish natijalariga taraflarning huquqlari

Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish huquqiga ega. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi oʻziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, oʻzi olgan natijalardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli.