Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 697-modda. Buyurtmachining majburiyatlari

Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi: pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini (texnika-iqtisodiy parametrlarni) yoki mavzusini kelishib olishi; pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi; bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini toʻlashi shart.