Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 745-modda. Kredit shartnomasining shakli

Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.