Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 777-modda. Hisobvaraq boʻyicha bank bajaradigan operatsiyalar

Agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qoʻyilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllanadigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qoʻyilgan operatsiyalarni amalga oshirish yoʻli bilan hisobvaraqqa kelib tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilishi va kiritib qoʻyishi hamda mijozning pul mablagʻlarini qoʻlga berish haqidagi topshiriqlarini bajarishi shart.