Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 797-modda. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi

Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablagʻlarini toʻlovchi bilan oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak: bank-emitentning nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usuli; mablagʻlarni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli; akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi; tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.