Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 842-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish uchun qilingan xarajatlarni qoplash

Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun qoʻshimcha haqni ham toʻlashdan tashqari, vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga toʻlashi shart. Agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, vositachi oʻz ixtiyorida boʻlgan komitentning mol-mulkini saqlash yuzasidan qilgan xarajatlari qoplanishiga haqli emas.