Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 856-modda. Uchinchi shaxslarning huquqlari boʻlgan mol-mulkni ishonchli boshqarish

Ishonchli boshqaruvchi shartnoma tuzilgunga qadar oʻziga boshqarish uchun topshirilayotgan mol-mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilib qoʻyilishi kerak. Ushbu shart buzilgan taqdirda ishonchli boshqaruvchi shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real zararni qoplashni va mutanosib haq toʻlashni talab qilishga haqli. Agar ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulkka shartnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarning huquqlari paydo boʻlsa, ishonchli boshqaruvchi esa bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor qilinmagan boʻlsa, u mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bekor qilib, oʻziga keltirilgan haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq toʻlanishini talab qilish huquqiga ega.