Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 873-modda. Firma nomi oʻzgarganida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining oʻz kuchida qolishi

Litsenziar oʻzining firma nomini oʻzgartirgan taqdirda, agar litsenziat shartnomani bekor qilishni talab qilmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi saqlanib qoladi va litsenziarning yangi firma nomiga nisbatan amal qiladi. Shartnomaning amal qilishi saqlanib qolgan taqdirda litsenziat litsenziarga tegishli boʻlgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli boʻladi.