Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 904-modda. Ashyolarni tasarruf qilish huquqi bilan saqlash

Agar qonunchilikdan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan tovar ombori oʻziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etishi mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga ushbu Kodeks 41-bobining qoidalari qoʻllanadi, biroq tovarlarni qaytarib berish vaqti va joyi ushbu bobning qoidalari bilan belgilanadi.