Fuqarolik protsessual kodeksi 118-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish vaqti

Ish yuritish: 1) ushbu Kodeks 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar; 2) ushbu Kodeks 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlishi tugaguniga qadar; 3) ushbu Kodeks 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki maʼmuriy tartibda koʻrilayotgan ish boʻyicha qaror chiqarilguniga yoxud tergov tamom boʻlguniga qadar; 4) ushbu Kodeks 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoxud uning ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar; 4¹ ) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda; 5) ushbu Kodeks 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishincha tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib boʻlguniga qadar; 6) ushbu Kodeks 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga toʻsqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar; 7) ushbu Kodeks 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tugallanguniga qadar; 8) ushbu Kodeks 117-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar; 9) ushbu Kodeks 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza oʻtkazish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar; 10) ushbu Kodeks 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tops