Fuqarolik protsessual kodeksi 13-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va ogʻzakiligi

Sud fuqarolik ishini koʻrayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishi shart. Ishning muhokamasi ogʻzaki ravishda oʻtadi.