Fuqarolik protsessual kodeksi 139-modda. Arz qilingan talablardan voz kechilganda, kelishuv bitimi tuzilganda sud xarajatlarini taqsimlash

Daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarining oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi. Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish chogʻida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan boʻlsa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlashda ushbu Kodeksning 136 , 138 va 141-moddalariga muvofiq hal qiladi.