Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib tugatilishi lozim. Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin: oʻzini oʻzi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda; sudya yoʻqligi tufayli ishni oʻz vaqtida koʻrishning imkoniyati boʻlmaganda. Sudya almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.