Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vaqtida sud zarur boʻlgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) oʻz xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli. Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.