Fuqarolik protsessual kodeksi 270-12-modda. Daʼvo arizasini berish

Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga ish beruvchi yoxud prokuror tomonidan beriladi. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi tegishincha mazkur ish tashlash amalga oshiriladigan, amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan joydagi sudda koʻrib chiqiladi.