Fuqarolik protsessual kodeksi 270-modda. Sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish

Sud hujjatining koʻchirma nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud hujjatining koʻchirma nusxasini boshqa shaxslarga ham yuboradi.

23¹-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari