Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: 1) sud majlisi boʻlib oʻtgan yil, oy, kun va joy; 2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; 3) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi; 4) ishning nomi va raqami; 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga koʻmaklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; 7) ushbu moddaning 5-bandida koʻrsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qogʻozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi maʼlumotlar; 8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; 10) sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishga oid maʼlumotlar; 12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda toʻxtovsiz yozib boriladi. Aud