Fuqarolik protsessual kodeksi 281-modda. Sudga kelgan tarafning huquqlari

Agar sud majlisiga kelgan daʼvogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga rozi boʻlmasa, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va kelmagan javobgarga yangi sud muhokamasining vaqti va joyi haqida takroran xabar yuboradi. Tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud daʼvogarning fikridan qatʼi nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻradi.