Fuqarolik protsessual kodeksi 289-modda. Sudning vakolatlari

Sud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqib, oʻzining ajrimi bilan: arizani qanoatlantirmay qoldirishga; sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni ilgarigi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqishni tiklashga haqli.