Fuqarolik protsessual kodeksi 331-modda. Ariza berish

Shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin. Ish taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa joylashgan hududdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizada hujjat qanday vaziyatda yoʻqolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning, hujjatning nomi koʻrsatilgan boʻlishi, hujjatning alohida belgilari va yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimos bayon qilinishi kerak.