Fuqarolik protsessual kodeksi 361-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi

Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi.