Fuqarolik protsessual kodeksi 38-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar toʻgʻrisidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi

Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosi, agar jinoyat ishi koʻrilganda ushbu daʼvo arz qilinmagan yoki hal etilmagan boʻlsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar boʻyicha taqdim etiladi.