Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.