Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 406-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 407-moddasining ikkinchi , toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 4) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; 5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; 6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisobla