Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.